13 oktyabr kuni Apple kompaniyasi Apple Event onlayn taqdimotini o‘tkazdi. Taqdimotda HomePod mini portativ «aqlli» karnayi, iPhone 12, iPhone 12 mini va iPhone 12 Pro smartfonlari namoyish etildi.

HomePod mini

Yangi portativ karnayi iPhone 11 da qo‘llanilgan U1 chipiga ega. Apple Watch Series 5 kabi S5 protsessorida ishlaydi. Kolonkaga Siri ovozli yordamchisi o‘rnatilgan. Kompaniya ta’kidlashicha bu «aqlli» qurilmani imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

HomePod mini karnayi

HomePod mini 16 noyabrdan sotuvga chiqariladi, narxi — $99.

Karnay 360 gradusli tovush chiqarishi mumkin. Ikkita karnas esa birlashib stereo tovushga aylanadi.

iPhone 12 va Mini

iPhone 12 smartfoni yangi Super XDR ekraniga ega bo‘ldi. iPhone 11 ga qaraganda ikki karra ko‘p piksellar, barcha HDR formatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Keramika esa ushbu ekranlarni yanada mustahkam qiladi. Yangi dizayn 11% ingichkaroq, 15% kichikroq va 16% yengilroq bo‘ldi. Protsessor — olti yadroli A14 Bionic, hozirda «eng kuchli protsessor».

iPhone 12

Yana bir muhim yangilik — barcha smartfonlar 5G texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Yetti elementdan iborat yangi kamera past yorug‘likda 27% yaxshiroq ishlaydi. Orqa panelda MagSafe magnitli ulagich joylashgan.

iPhone 12 Mini dunyodagi eng ixcham 5G smartfon deb topildi. Uning ekran kattaligi 5.4 dyuym.

iPhone 12 Pro va Pro Max

iPhone 12 Pro uchta kamera va Lidar sensoriga ega bo‘ldi. Ushbu qurilma tarixdagi eng katta iPhone deb topildi. Super Retina XDR displeyning kattaligi 6.7 dyuym. Barcha kameralar fotosuratlarni sifatini oshiradigan Deep Fusion texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Asosiy kameraning sensori past yorug‘liklarda iPhone 11 Pro Max smartfoniga qaraganda 87% yaxshiroq tasvirga oladi. Professional fotosuratlar uchun mo‘ljallangan Apple ProRAW funksiyasi 2020 yilda paydo bo‘ladi. Bundan tashqari HDR va Dolby Vision HDR formatida 10-bitlik videolar tasvirga olish mumkin.