11 oktyabr kuni Tojikistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida amaldagi prezident Emomali Rahmon 90,92% ovoz bilan g‘olib bo‘ldi, deya xabar berdi RIA Novosti.

Saylovda qatnashish ko‘rsatkichi 85,39% ni tashkil qildi, ya’ni ro‘yxatdan o‘tkazilgan 4,9 million fuqarodan 4,2 million nafari saylovlarda ishtirok etdi. Shulardan 90,92%, ya’ni 3,8 million qatnashchi Emomali Rahmonga ovoz bergan.

Prezidentlik uchun saylovlarda beshta nomzod ishtirok etdi, ularning barchasi siyosiy partiyalar rahbarlari: amaldagi prezident Emomali Rahmon (hukmron Xalq demokratik partiyasi), deputat Miroj Abdulloyev (kommunistik partiya), deputat Rustam Latifzoda (agrar partiya), deputat Rustam Rahmatzoda (iqtisodiy islohotlar partiyasi) va deputat Abduhalim G‘afforzoda (sotsialistik partiya).