Bugun Ural hududidan kirgan sovuq oqimi respublika hududidan chekina boshladi. Harorat kunduzi 19−22 darajagacha ko‘tariladi. Biroq bu hali hamon me’yordan 2−3 darajaga pastdir, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududiga xorijiy janubdan quruq va issiq havo oqimi kirishni boshlaydi.

Butun respublika bo‘yicha ob-havo kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.

Harorat ko‘tarilib borib, kechasi 7−10 daraja, kunduzi 22−25 daraja issiq bo‘ladi. Sinoptiklar xabariga ko‘ra, bu iqlimiy me’yorlardan 2−4 darajaga yuqoridir.