Karimov Avazjon Qudratillayevich jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlikning matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Tayinlovga qadar Avaz Karimov 2019 yild 6 sentyabrdan Respublika olimpiya zaxiralari kolleji direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Avaz Qudratillayevich Karimov 1983 yili Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2006 yilda O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi raisining o‘rinbosari sifatida boshlagan. 2007−2011 yillarda O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi raisi, 2011 yildan O‘zbekiston badminton federatsiyasi raisining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2014−2015 yillarda Avaz Karimov Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori o‘rinbosari, so‘ngra ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori, O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport Davlat qo‘mitasi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 2017−2019-yillarda Chirchiq olimpiya zaxiralari maktab-internati direktori lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.