Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda tovuq filesidan tayyorlangan eng mazali va sersuv taomlar retseptlarini taqdim etadi.
Baqlajon va pishloq bilan pishirilgan tovuq go‘shti
Bunday taomni tayyorlash juda maroqli va qiziqarli. Tovuq go‘shti, baqlajon va motsarella pishlog‘i uyg‘unlashuvi juda mazali ta’mni hosil qiladi.
Tovuqdan tayyorlangan Stir fray taomi
Ushbu taomda tovuq ozroq shirin ta’mga ega bo‘lib pishadi, ammo quruq bo‘lib qolmaydi. Sabzavotlar esa qarsildoq va juda mazali bo‘lib pishadi.
Tovuqning lahm sonidan qozon-kabob
Ushbu taomni bizning retseptimiz bo‘yicha albatta tayyorlab ko‘ring va kechki ovqat yoki tushlik uchun oltin rangli kartoshka va huddi shunday tusga ega sersuv tovuq go‘shtiga to‘la taom yarating.
Xantalli sous bilan tortiladigan qarsildoq tovuq
Qarsildoq bo‘lib pishadigan tovuq go‘shtini o‘zgacha sous bilan birga dasturxonga tortamiz. Tez va oson tayyorlaniladigan ushbu yegulik taomnomaga yangilik kiritishga yordam beradi.
Qaymoq-qo‘ziqorinli qaylada pishirilgan tovuq filesi
Qaymoqli qaylada pishiriladigan tovuq filesi juda tez tayyorlaniladi. Bunday taom takrorlanmas ta’mda bo‘lib, bir martadayoq ko‘nglingizga yoqishi shubhasiz.
Qaylada pishirilgan tovuq va baqlajonli taom
Tovuq filesi va baqlajon birga pishirilganda, ajoyib ta’mli taom tayyorlanilar ekan. Bunga siz ham ishonch hosil qilishingiz mumkin.
Ko‘zachada pishirilgan tovuq
Ko‘zachalarda tayyorlaniladigan bu taom juda mazali bo‘lib, ajoyib ko‘rinishi bilan ko‘pchilikni qiziqtirsa ajab emas.
Yana ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.