Sarvar Najimovich Boboxo‘jayev Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) rektori etib tayinlandi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi. Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar oldin u Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Sarvar Boboxo‘jayev 1978 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U Toshkent davlat texnika universiteti va Yaponiya xalqaro universiteti bitiruvchisi.

2016−2018 yillarda u Toshkent shahridagi Inxa universitetini boshqargan, 2018 yildan 2019 yilgacha esa Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. U o‘tgan yilning sentyabr oyidan beri maxsus va prezident maktablarini rivojlantirish agentligini boshqarib kelgan.

«Gazeta.uz» ning hukumatdagi manbasining xabar berishicha, ilgari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari maktabining direktori bo‘lib ishlagan Xilola O‘ktamovna Umarova maxsus va prezident maktablarini rivojlantirish agentligining yangi rahbari bo‘ldi.

2016 yildan beri TATUni boshqarib kelayotgan To‘lqin Zokirovich Teshaboyev Toshkent moliya instituti rektori etib tayinlandi.

To‘lqin Teshaboyev o‘z ishini TATUda Avtomatlashtirilgan telekommunikatsiyalar kafedrasida laborant sifatida boshlagan. 1994−2003 yillarda u universitetning birlashgan kasaba uyushmasini boshqargan va 2003 yildan 2009 yilgacha moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha prorektor bo‘lib ishlagan. 2009−2012 yillarda u O‘zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmalari markaziy kengashining raisi sifatida faoliyat yuritgan. 2012−2014 yillarda TATU o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori bo‘lgan. 2014 yildan 2016 yilgacha esa u O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.