Juma kunining birinchi yarmida payshanba kuniga qaraganda 4−6 daraja pastroq havo harorati kuzatildi. Mamlakatning ayrim joylarida shamolning tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Xuddi shunday sovuq havo respublika hududida ertaga ham davom etadi. Kechasi harorat 3−6 daraja, shimolda 0−3 daraja sovuqqacha pasayadi va kunduzi 13−17 darajadan yuqori bo‘lmaydi, bu 5−7 darajaga me’yordan past.

Respublikaning katta qismida 10 oktyabr kuni ham shunday quruq havo saqlanib qoladi. Faqat O‘zbekistonning Janubi-Sharqiy hududlari Turkmaniston hududlaridan nam bulut massalari kirib keladi. Farg‘ona vodiysi viloyatlari hamda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi, dengiz sathidan 2000 m baland tog‘li hududlarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududining ko‘p qismida kam bulutli va quruq ob-havo kutilmoqda. Kechasi havo harorati 3−6 daraja iliq, shimolda 0−3 daraja sovuqqacha, kunduzi esa havo 18−20 darajagacha isiydi.