Namangan viloyati prokurori Akmalxo‘ja Mavlonov prezident farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

A.Mavlonov 1975 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002 yilda Davlatobod tuman prokuraturasida boshlab, Namangan viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2006 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Marg‘ilon shahar prokurori, Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018 yil fevral oyida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan. O‘sha yili avgust oyida bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlangan.

Akmalxo‘ja Mavlonov 2019 yil iyulidan beri Namangan viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Jahongir Hotamov. Foto: Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati.

2018 yil fevralidan beri Xorazm viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Jahongir Hotamov Namangan viloyati prokurori etib tayinlandi.