7 oktyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi IIBB matbuot xizmati.

Taxminan soat 21.00 da Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida Lacetti rusumli avtomobilni ishonchnoma asosida boshqarib borgan 21 yoshli O.O. daraxtga borib urilgan. YTH natijasida avtomobil haydovchisi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

Hozirda hodisa sabablari aniqlanmoqda. Holatni o‘rganish ishlari davom etmoqda.