7 oktyabr kuni Gulistondagi «Alpomish» sport majmuasida tashkil etilgan COVID-19 infeksiyasiga gumon qilingan va kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, saralash va taqsimlash markazida kislorod baloni portlagan edi.

Sport majmuasi binosiga qisman zarar yetgan. FVV xabariga ko‘ra hodisadan bir kishi jarohatlangan, qurbonlar yo‘q. U yerdagi fuqarolar xavfsiz hududga ko‘chirilgan.

Foto: @tentakminds Telegram kanali