Andijon viloyati Oltinko‘l tumani hokimi Nazirjon O‘rinboyev 54 yoshida vafot etdi. Bu haqda Daryo nashri xabar berdi. Nashr manbasiga ko‘ra, hokim pnevmoniya kasalligi asoratlari va o‘tkir qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan. Avvalroq Nazirjon O‘rinboyevning pnevmoniyadan davolanayotgani haqida xabar bergan edik.

Nazirjon O‘rinboyev 1989 yil Andijon davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mahalliy ichki ishlar tizimida xizmat qilgan, shu jumladan, 2014−2017 yillarda Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklarning oldini olish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

O‘rinboyev Oltinko‘l tumaniga hokim etib tayinlanguniga qadar Andijon viloyati «Agroservis MTP» kompaniyasi raisining o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan. U 2018 yil 20 oktyabrda Oltinko‘l tumaniga hokim etib tayinlangan edi.