7 oktyabr kuni ertalab koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun jihozlangan Gulistondagi «Alpomish» sport majmuasida kislorodli ballon portladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Sport majmuasi binosiga qisman zarar yetgan. Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari boshqa ixtisoslashgan xizmatlar bilan birgalikda binoning buzilgan qismidan odamlarni evakuatsiya qilmoqda.

Bir kishi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan, jabrlanganlar yo‘q. Vaziyat tegishli xizmatlarning to‘liq nazorati ostida, deya ta’kidladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.