Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi direktori seshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Samarqand viloyati bo‘yicha muqobil COVID-19 statistik ma’lumotlarini keltirdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 5 oktabr soat 23:00 ga qadar Samarqand viloyatida 2160 ta koronavirus holati aniqlangan va 2017 nafar bemor tuzalgan, ya’ni bugungi kunda COVID-19 bilan kasallangan 143 bemor davolanmoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida tibbiyot muassasalarida davolanayotgan koronavirus bemorlarining haqiqiy soni 1155 nafarni tashkil etadi.

«Nima uchun biz [statistikani] 10 baravar kamaytirishimiz kerak? Ehtimol, bu korrupsiya emasdir. Buning sabablarini o‘rganishimiz kerak. Samarqand viloyati misolida shuni aytishim mumkinki, barcha viloyatlarda ahvol shunday. Ya’ni, biz statistikani ham, tibbiyot xodimlariga to‘lovlarni ham, tenderlarni ham, davlat xaridlarini ham, eng muhimi, oilaviy aloqalarni [davlat xizmatida] har tomonlama o‘rganishni xohlaymiz», — dedi u.

Avvalroq, Andijon viloyati hokimligi 7 oktyabr holatiga ko‘ra, hududda kislorod konsentratorlari bilan ta’minlangan 2152 ta maxsus jihozlangan yotoq o‘rni zaxirasi borligi haqida xabar bergan edi. Shu bilan birga, jurnalist Xurshid Daliyev koronavirusga chalingan homilador ayollarning polda yotgan suratlarini e’lon qildi. Vaholanki Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy statistik ma’lumotlarida 6 oktyabr holatiga ko‘ra, Andijon viloyatida atigi 99 bemor koronavirusdan davolanmoqda.