7 oktyabr kuni O‘zbekistonda 345 ta yangi koronavirus holati qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

️Shu bilan birga, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 492 nafarga yetdi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida 403 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 59 788 nafar bemordan 56 568 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 728 nafar bemordan 330 nafari og‘ir, 135 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.