Dam olish kunlari O‘zbekistondagi ob-havoni antitsiklon chegarasi belgilaydi. Ushbu kunlarda mamlakat hududida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi va kuchsiz shamol esadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Xabar berilishicha, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 2−3 oktyabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga o‘tishi mumkin.

Mamlakatda harorat iqlimiy me’yorlarga yaqin bo‘lib, kechasi 5−10 daraja, kunduzi 22−25 daraja atrofida saqlanib turadi.

Sinoptiklarning aytishicha, 3 oktyabrda ertalab va kechqurun tuman bo‘lishi mumkin.