Toshkentda Iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha kredit institutining (KfW) mahalliy byurosi ochiladi. Bu haqdagi kelishuv 2019 yil 24 dekabrda imzolangan bo‘lib, 29 sentyabr kuni prezident farmoni bilan tasdiqlandi, deya xabar berdi Norma.uz.

KfW 80 foiz Germaniya federal hukumatiga (20 foizi — federal hududlarga) tegishli bo‘lgan banklar guruhidir. U 1948 yilda urushdan keyingi Yevropa iqtisodiyotini tiklash dasturini («Marshall rejasi») amalga oshirish uchun yaratilgan.

Guruhda xalqaro moliyalashtirish bo‘yicha bo‘linmalar faoliyat yuritadi:

  • KfW IPEX-Bank xalqaro loyihalar va eksportni moliyalashtirish uchun javobgardir;
  • DEG — KfW ning sho‘ba korxonasi bo‘lib, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga sarmoya kiritadigan kompaniyalarni moliyalashtiradi va maslahat beradi;
  • KfW taraqqiyot banki — Germaniya hukumati nomidan butun dunyo bo‘ylab moliyaviy hamkorlik loyihalarini ilgari suradi.

Toshkentdagi ofis xorijiy davlatning iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik bo‘yicha davlat tashkilotining vakolatxonasi sifatida akkreditatsiyadan o‘tadi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ushbu hukumatlararo kelishuvni amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ hisoblanadi.