2 oktabr kuni O‘zbekistonda 486 ta yangi koronavirus holati qayd etildi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Shu bilan birga, bugun 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 475 nafarga yetdi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Andijon, Jizzax, Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarida 501 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 57 776 nafar bemordan 54 456 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 845 nafar bemordan 573 nafari og‘ir, 252 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.