Toshkent IIBB Toshkent viloyati Olmaliq shahri hokimining o‘g‘li Dilshod Ismoilov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128−5 moddasi ikkinchi qismiga (transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi) muvofiq jarimaga tortilganini xabar qildi.

30 sentyabr kuni internetda 20 yoshli Dilshod Ismoilov tomonidan TikTok va Instagramga joylashirilgan Toshkent ko‘chalarida 150−160 km/s tezlikda harakatlanib, avtomobillarni quvib o‘tgani hamda boshqa haydovchilar va piyodalar uchun xavfli vaziyatni yaratgani tasvirlangan videoyozuvlar tarqaldi.

Yozuvlardan birida tezlik ko‘rsatkichi 200 km/s ekani aks etgan. Muallif to‘lagan jarimalarini qog‘ozini ham e’lon qildi.

IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchi jarimaga tortilgan, Tracker avtomobili (davlat raqami 01K550XA) esa jarima maydoniga joylangan.

Bayonnoma 30 sentyabr kuni rasmiylashtirilgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur haydovchi 2019 yilda 8 ta huquqbuzarlik sodir etganligi qayd etilgan («Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi»), 2020 yilda ham u tomondan sodir etilgan huquqbuzarliklar soni 8 tani tashkil etmoqda (xuddi o‘sha modda bo‘yicha, shulardan to‘rttasining jarimasi to‘langan).

Qayd etish joizki, Olmaliq hokimi Usmon Rahimov «Gazeta.uz» muxbiri bilan suhbatda videoning to‘rt-besh oy muqaddam tushirilgani va o‘shandan buyon o‘g‘liga rulga o‘tirishni taqiqlaganini ma’lum qildi.