Bugungi kunda kompaniya rivoji raqamli texnologiyalarni tatbiq etishga asoslangan zamonaviy biznes jarayonlarni amalda qo‘llash bilan chambarchas bog‘liq. Bu allaqachon bozorning o‘z sohasida raqobatbardoshlilik qobiliyatini saqlab qolishni va muvaffaqiyatli bo‘lishni istagan kompaniyalar amal qilishi lozim bo‘lgan rad etib bo‘lmas shartlariga aylangan. Bunday murakkab va ko‘p vazifali loyihalar tobora ko‘proq mazkur masalalarni hal etish sohasida yuqori ekspertizaga ega xalqaro konsalting kompaniyalar bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston bozorida ko‘p yillardan buyon faoliyat yurituvchi Suntronix (Extra-Suntronix alyansiga kiradi) xalqaro konsalting kompaniyasi biznesga ana shunday hamkor bo‘lishi mumkin. Kompaniyam boshqaruv konsaltingidan tortib, to IT tizimni tadbiq etish va kelgusi kuzatuvini olib borishgacha bo‘lgan ishlarning to‘liq siklini taqdim etadi. MDH davlatlaridan biznesning turli sohalarida uzoq yillik amaliy tajribaga ega bo‘lgan mohir mutaxassilarning ishlashi kompaniya uchun ishonchli afzallik hisoblanadi.

Kompaniya xalqaro vendorlar bilan hamkorlik qiladi, mijozlari uchun zamonaviy texnologik platformalar negizida masala yechimini taklif etadi va amalga oshiradi. Xususan, Gold Business Partner IBM — dasturiy ta’minot hamda uskunalar yetkazib berish bo‘yicha jahon miqyosidagi liderlik maqomi kompaniyaning malakali ekanligining dalilidir.


Transformatsiyaga tizimli yondoshuv

Suntronix boshqaruv tizimini ishlab chiqish va takomillashtirishdan boshlab, kompleks inforatsion tizimni tadbiq etish va kelgusi qo‘llab-quvvatlashgacha bo‘lgan o‘zgarishlar loyihasini to‘liq amalga oshiradi. Bu — transformatsiya jarayoni uchun javobgarlik va mas’uliyatning yagona nuqtasini shakllantiradi hamda ish jarayonining istalgan bosqichida natijaning sifati va maqbulligini kafolatlaydi.

Xalqaro malakali ekspertlar

MDHning turli davlatlaridan bo‘lganSuntronix konsultantlari chuqur ekspertiza va keng ish tajribasiga ega, jumladan, rahbarlik lavozimlarida ham.

Transformatsion loyihalarda ularning ishtiroki ishni samarali tashkil etish, kutilmagan to‘siqlarni oldini olish va buyurtmachi tomon xodimlari bilan o‘z tajribasini bo‘lishish imkonini beradi.


Bozor spetsifikasini anglash

Hududiy va madaniy o‘ziga xosliklari, shuningdek, mahalliy qonunchilik amaliyotidan boxabarlik kompaniya ekspertlarining natija beradigan yechimlarni shakllantirish va barcha manfaatdor tomonlar bilan samarali hamkorlik qilish uchun zamin yaratadi. Suntronix butun MDH bo‘yicha mahalliy hamkorlar bilan faol hamkorlik olib boradi.

Tadbiq etishga alohida e’tibor

Kompaniya obro‘si ishlab chiqilgan takliflar va hujjatlar emas, balki amalda tadbiq etilgan va muvaffaqiyatli ishlayotgan jarayon va tizimlar asosida yig‘ilgan. Suntronix mijozlari biznesini real va barqaror rivojlantirishni o‘zining asosiy maqsadi, deb biladi. Kompaniyada har bir loyiha taklif etilgan o‘zgarishlarni amalda joriy etishni nazarda tutadi.


Kompaniya uchun har qanday hamkorlikdan asosiy maqsad biznesni real va barqaror yaxshilashdir. Suntronix mijozlari orasida «Milliy Bank» AJ, «Asaka» ATB, «O‘zsanoatqurilishbank» ATB, AT «Xalq Banki», «Agrobank» ATB, «Mikrokreditbank» ATB, «Oriyent Finans» XATB, «Trastbank» XAB, «Navioy kon-metallurgiya kombinati» DK, «Olmaliq KMK» AJ, «O‘zbekko‘mir» AJ, «Davyergodezkadastr» Qo‘mitasi va boshqalar bor.

Suntronix o‘z faoliyatida faqat eng aktual chora va yechimlarga tayanadi.

Suntronix kompaniyasi faoliyati to‘g‘risida batafsil www.suntronixsg.com saytida tanishishingiz mumkin, yoki kompaniya elektron manziliga maktub yo‘llashingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida.