Eng yangi KIA Seltos modelining narxi O‘zbekistonda 229,9 million so‘mdan, K5 — 249,9 million so‘mdan boshlanadi, deb xabar berdi kompaniya veb-sayti.

«Gazeta.uz» avval xabar berganidek, Roodell kompaniyasi «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasidagi ADM-Jizzakh zavodida Seltos va K5 avtomobillari yig‘ilishini boshlashni rejalashtirmoqda.

K5 sedani va Seltos ixcham krossoverining chiqarilishi noyabrga rejalashtirilmoqda. Birinchi bosqichda zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 25 ming donani tashkil etadi. Ikkinchi bosqichda, 2022 yil oxiriga kelib, payvandlash va korpusni bo‘yash sexlari ishga tushirilgach, quvvati 100 mingtaga ko‘payadi.

Avtomobillarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish liniyasi KIA Motors kompaniyasining Rossiyaning mintaqaviy shtab-kvartirasi ishtirokida tashkil etildi.

Narxlar

O‘zbekistondagi KIA veb-saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Seltos krossoveri uchta komplektatsiyada taqdim etilgan:

  • Luxe — 229,9 million so‘mdan;
  • Style — 252 90 000 so‘mdan;
  • Prestige — 279,9 million so‘mdan.

K5 sedani esa oltita koplektatsiyada taqdim etiladi:

  • Comfort — 249 900 000 so‘mdan;
  • Luxe — 269 900 000 so‘mdan;
  • Luxe — 279 900 000 so‘mdan;
  • Prestige — 293 900 000 so‘mdan;
  • Style — 343 900 000 so‘mdan;
  • GT Line — 369 900 000 so‘mdan.