1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan kinoteatrlarda «Ibrat» tarixiy badiiy filmining premerasi bo‘lib o‘tadi. Film «O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Kinomaniya» studiyasi tomonidan suratga olingan.

Film shoir, tarjimon, tarixchi va tilshunos olim, jadidchi Ishoqxon Ibrat haqida bo‘lib, unda olimning mashaqqatga boy hayot yo‘li tasvirlangan.


«Ibrat» filmida professional aktyorlar ansamblini o‘ziga xos rollarda ko‘rish mumkin. Ibrat Iskandariyadagi sayohatida ikki vatandoshiga yordam beradi. Ulardan biri hatto o‘z yurtini tashlab, Ibratning xizmatiga chog‘lanadi. Bu rol O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, marhum san’atkor Abdurayim Abduvahobovning hayotlik chog‘idagi so‘nggi ijrosi bo‘lib qoldi. Shu bilan birga, marhum san’atkor, professional dublyaj aktyori O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G‘aybulla Hojiyevning ham so‘nggi rolini ko‘rishimiz mumkin.

Filmning katta premerasi 1 oktyabr kuni qayta ta’mirdan chiqqan Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Film rejissyori: Jahongir Qosimov.
Ssenariy mualliflari: Nurillo Abbosxon va Abduqayum Yo‘ldoshev.
Postanovkachi оператор: Rustam Murodov.
Postanovkachi rassom: Doniyor Abdurahmonov.
Bastakor: Dmitriy Yanov-Yanovskiy.
Rollarda: Farhod Mahmudov, Saidkomil Umarov, Karim Mirhodiyev, Akbarxo‘ja Rasulov, Shahzoda Matchonova, Zulxumor Mo‘minova va boshqalar.

Reklama huquqlari asosida.