29 sentyabr kuni Andijon viloyati Xonobod shahar hokimi Mamadaliyev Musajon Mo‘minjonovich vafot etdi, deya xabar qildi viloyat ma’muriyati matbuot xizmati.

Hokimlik ma’lumotlariga ko‘ra, u o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi kasalligidan vafot etgan.19 sentyabr kuni Kun.uz Musaxon Mamadaliyev va boshqa uch tuman hokimining pnevmoniyadan davolanayotgani haqida xabar bergan edi. Andijon viloyati hokimligi «Gazeta.uz»ga ushbu tashxis haqida ma’lumotga ega emasligini aytdi.

Musaxon Mamadaliyev 1971 yil 29 martda Andijon viloyati Shahrixon tumanida tug‘ilgan. Toshkent politexnika institutini (1994), Toshkent moliya institutini (2003), prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tugatgan (2009).