«Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti yanvar oyida OTMning internatsionalizatsiya va strategik rivojlanish ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Akbarov Azamat Anvarovichning diplomi soxtaligi yuzasidan berilgan maqolalarga raddiya berdi.

Universitet matbuot xizmatining qayd etishicha, Azamat Akbarov diplomi soxta bo‘lgani uchun emas, balki o‘z xohishiga ko‘ra bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

«Vakolatli organlar tomonidan olib borilgan tergov harakatlari natijasida ushbu ayblov o‘z isbotini topmagan va bugungi kunda jinoyat ishi tugatilgan», — deyiladi raddiyada.

O‘z navbatida, 13 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Yoshlar press-klubi sessiyasida Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyev kun.uz muxbiriga ushbu xabarlarni taсдиқлаgaнedi.

«Bu masala OAK tomonidan o‘rganilgan. Haqiqatdan ham, Azamat Akbarov olgan xorijiy falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja diplom noto‘g‘ri olingani yoki soxta ekanligi izohlab berildi», — degan edi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi rahbari.

Ulug‘bek Toshkenboyev Azamat Akbarov Sarayevo shahrida (Bosniya va Gersegovina) joylashgan BURCH xalqaro universitetidagi professorlik faoliyati davomida Rossiya tomonidan berilgan diplom asosida faoliyat yuritgani, O‘zbekistonda esa BURCH xalqaro universitetida berilgan diplom asosida ishga qabul qilinganini ta’kidlagan.

«Ammo, ma’lum bo‘ldiki, Bosniya va Gersegovina davlati universiteti diplomi soxta bo‘lib chiqdi va shuning oqibatida u lavozimidan ozod qilindi», — degan u.

Turizm xalqaro universitetida Azamat Akbarov boshchiligida amalga oshirilgan ishlar

Azamat Akbarov «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universitetida faoliyat yuritgan davrda ushbu universitetning faoliyatini xalqaro talablarga mos ravishda tashkil etish, uning nufuzini yanada oshirishga qaratilgan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan, deyiladi universitet raddiyasida.

Jumladan:

  • universitet ta’lim tizimi EKTS — kredit tizimiga o‘tkazildi;
  • ta’lim dasturi fanlari bo‘yicha sillabuslar ISO9001−2015 xalqaro ta’lim standartiga moslashtirildi;
  • universitetda 5 kunlik ta’lim haftasi, hamda unga muvofiq 2+1 ta’lim tizimini joriy qilindi;
  • universitet faoliyatida talabalar manfaatlarini himoya qilish maqsadida, universitet qoshida «Students Parliament»ni tashkil etildi;
  • universitet tomonidan tayyorlanayotgan mutaxassislarga nisbatan talablarni to‘g‘ri shakllantirish maqsadida universitet qoshida «Ish beruvchilar kengashi» tashkillashtirildi;
  • akademik semestr davomida talabalar e’tiboriga beshtagacha fan taqdim etilib, tanlov fanlar sifatida talabalarning eng ko‘p miqdori tomonidan belgilangan fanlar saralanishi belgilandi;
  • universitet ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning mehnat faoliyati KPI effektivlik ko‘rsatkichi bo‘yicha baholanishi ta’minlandi;
  • universitet xodimlarining ilmiy maqola va materiallarning Skopus, Veb of Ssiyense kabi referativ-bibliografik ma’lumotlar bazasida kiritilgan jurnallarda nashr etish uchun rag‘batlantirish tizimi yaratildi;
  • talabalar tomonidan xorijiy tillarni o‘zlashtirish darajasini oshirish maqsadida, o‘qish-yozish-tinglash-gapirish yo‘nalishlarida amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish bo‘yicha xorijiy mutaxassislar jalb etish tizimi shakllantirildi;
  • ingliz, rus va xitoy tillarini puxta o‘zlashtirish uchun universitet binolari ichida jonli nutq hududlari va til-madaniyat-tamaddun ko‘ngilli to‘garak va jamiyatlarning faoliyatini yo‘lga qo‘yish ishlari boshlangan.

Shogirdlar e’tirofi

Azamat Akbarov O‘zbekiston ta’lim tizimini isloh qilish borasida dolzarb maqolalari, taklif va mulohalari, intervyulari bilan qisqa fursat ichida nom qozondi. Biroq o‘zbek jamiyati yosh va shijoatli olimimizni eng kech bo‘lib tanidi va juda tez boy berdi. Quyida olimning shogirdlarining Azamat Akbarov haqidagi fikr-mulohazalarini e’tiboringizga havola etamiz.

Yangi O‘zbekiston uchinchi Uyg‘onish davri bo‘sag‘asida turgan hozirgi davrda, qolaversa, oldimizga maktablar va oliy o‘quv yurtlarini yangidan tiklash, taraqqiyotga erishish va o‘qituvchilar hamda pedagoglar obro‘-nufuzini oshirish vazifasi qo‘yilgan ayni paytda ta’lim to‘g‘risida yangi Qonun e’lon qilindi — ilm-fanning yangi daholari davri keldi. Taniqli hamyurtimiz Azamat Akbarovni sizlarga tanishtirish uchun menga ijozat bergaysizlar. Bu inson orzu ortidan ketgan, orzusiga qattiq ishongan va uni ro‘yobga chiqarishga erishgan insondir.

Katta sabr-bardoshliligi va mehnatsevarligi tufayli teran bilimga erishdi: Samarqand chet tillar institutidan so‘ng tahsilni davom ettirdi, keyinchalik Yevropaning Shvetsiya, Bosniya, Angliya kabi davlatlari, Janubiy Koreya, Hindiston, Qozog‘iston va O‘zbekiston va yana bir qancha mamlakatlarda mehnat qildi, izlandi. Xorij universitetlarida u yetakchi mutaxassis, kafedra mudiri, dekan va prorektor lavozimlarida ishladi. Bugunga kelib, oltita xorijiy tilda bemalol so‘zlasha oladi. Jami 27 ta ilmiy kitob muallifi, bugungi kunda amaliy lingvistika va pedagogika sohasida gugl-skolarz sitatalar keltirish: bu degani o‘z ilmiy tadqiqotlarida hamkasb olimlarning 400 ga yaqin havola-iqtiboslari bo‘yicha O‘zbekistonda yetakchilik qiladi.

Oliy ta’lim sohasida 20 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan vatandoshimiz o‘z sohasi bo‘yicha xalqaro ilmiy hamjamiyatda eng yuksak obro‘ va e’tirofga erishdi: nufuzli assotsiatsiyalar a’zosi, 10 dan ziyod har yilgi keng ko‘lamli xalqaro ilmiy konferensiyalarning taklif qilingan spikeri va moderatori sanaladi. 60 mamlakatdagi xalqaro anjeumanlar va seminarlarda 160 ta ma’ruza o‘qigan. 44 nafar magistr va 11 nafar doktorantlar uning rahbarligi ostida ilmiy ishlarini himoya qilganlar. Lingvistika, sotsiolingvistika, pedagogika, xorijiy tillarni o‘rganish, metodologiya bo‘yicha 20 ta mamlakatning mashhur jurnallarida 200 ga yakin maqolalari e’lon qilingan.

Shu bilan birga, dunyo lingvistlari orasida Azamat Akbarov taniqli xorijiy ilmiy nashrning bosh muharriri, AQSH, Koreya Respublikasi, Ruminiya, Turkiya, Polsha, Bosniya, Hindiston, Qozog‘iston va O‘zbekistonda nashr qilinadigan yana sakkizta inglizzabon jurnallar tahririyat hay’atining a’zosi sifatida ma’lum va mashhur. Biz haqli ravishda O‘zbekiston hamda behad iste’dodli va iqtidorli o‘zbek xalqini dunyoga tanitgan bu vatandoshimiz, uning yuksak ilmiy va pedagogik yutuqlari bilan faxrlanamiz.
Milliy ta’lim, fundamental fanni jahon darajasiga qadar ravnaq toptirish uchun o‘zi to‘plagan bilim va tajribasini insonlarga, Vataniga, «Ipak yo‘li» Xalqaro turizm universitetiga yetkazish maqsadida Azamat Akbarovning yurtimizga qaytganligi cheksiz hurmat-e’tiborga munosib.

Bugungi kunda O‘zbekistonga katta hurmat va muhabbat ila ekilgan ilm-fanning bebaho bilim urug‘lari ertaga dunyoning aksariyat mamlakatlarida daromadi neft va oltin qazib olishdan ham ortib ketayotgan strategik muhim tarmoq — turizmni rekord darajada rivojlantirish timsolida foyda keltirishiga qat’iy ishonamiz.

Buyuk Konfutsiy o‘z davrida ming chaqirim sari yo‘l birinchi qadamdan boshlanadi degan edi. Sabrli inson barglardan ipak, pushti gulbarglardan bol yaratishga qodir, deya qayd etgan edi Alisher Navoiy.
Biz, siz aziz o‘qituvchilar va olimlar bilan faxrlanamiz hamda sizlarga ishonamiz.