O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yig‘ilishida ishtirok etish uchun 29 sentyabr kuni Dushanbe shahriga tashrif buyuradi, deya xabar qildi bosh vazir matbuot xizmati.

Komissiya kun tartibida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi hamda madaniy-gumanitar sohalarida va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilish nazarda tutilmoqda.

Tashrif doirasida O‘zbekiston — Tojikiston ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida Biznes-forum va Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan.