O‘zbekistonning birinchi va oxirgi davlat kotibi, sobiq bosh vazir Rahim Rajabovich Rajabov 83 yoshida vafot etdi. «Gazeta.uz»ning hukumatdagi axborot manbasi ushbu xabarni tasdiqladi.

Xabar qilinishicha, Rahim Rajabov 1937 yilda Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida tug‘ilgan. Toshkentdagi O‘rta Osiyo Politexnika institutini tugatgan (1960).

U O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari (1990−1992) bo‘lib ishlagan va 1992 yil may oyida prezident huzuridagi birinchi va oxirgi davlat kotibi bo‘lgan. 1992 yil dekabrda davlat kotibi lavozimining bekor qilinishi munosabati bilan u O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Avvalroq Rahim Rajabov O‘zAga bergan intervyusida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovdan xafaligi, sanoatning yo‘q qilingani va Asakada avtomobil zavodi qurilishi haqida gapirgan edi.