28 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 55 593 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Shu bilan birga, koronavirus asoratlaridan vafot etganlar soni 460 nafarga yetdi.

Ayni paytda mamlakatda 51 965 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda 3 168 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 28 sentyabrdagi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus bemorlarining 725 nafari og‘ir, 299 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.