Oksana Chusovitina Kiyevda (Ukraina) o‘tkazilgan sport gimnastikasi bo‘yicha XVIII Xalqaro turnirda tayanib sakrashda birinchi o‘rinni egalladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Turnir 26−28 sentyabr kunlari Sport saroyida bo‘lib o‘tdi. Turnirda O‘zbekiston, Armaniston, Gruziya, Isroil, Germaniya, Latviya, Litva, Sloveniya, Belarus va Ukrainadan 85 sportchi ishtirok etdi. Musobaqa ishtirokchilar uchun Yevropa va Jahon kuboklarining umumiy hisobiga qadar hisoblanadigan xalqaro malakaga ega.

«Uzoq tanaffusdan keyin dastlabki start. Juda ham hayajonli. Bunday muhitga tushishni anchadan beri xohlayotgan edim. Barchaga omad», — dedi Oksana Chusovitina musobaqa oldidan. Gimnastikachi musobaqadan oldin Yevropada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazdi.