25 sentyabr kuni, Namangan viloyati hokimligi majlislar zalida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi O‘zA. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi.

Ayni paytda O‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Shavkat Shokirjonovich Abdurazzoqov Namangan viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Namangan viloyatining avvalgi hokimi Xayrulla Bozorovning esa Farg‘ona viloyatiga hokim etib tayinlanishi kutilayotgani xabar qilindi. O‘z navbatida, Farg‘ona viloyatining sobiq rahbari Shuhrat G‘aniyevning boshqa ishga o‘tgani ma’lum qilindi.