Slovakiya, Litva va Germaniya Aleksandr Lukashenkoning inauguratsiyasini tan olmasliklarini e’lon qilgan birinchi Yevropa davlatlari bo‘ldi.

«Hech qanday yashirin va dabdabali marosimlar ushbu tortishuvsiz haqiqatni inkor etmaydi va qonuniylikni rad yetmaydi», — dedi Litva Prezidenti Gitanas Nauseda.

Respublika tashqi ishlar vaziri Linas Linkyavichyus Belarusda bo‘layotgan voqealarni «soxta» deb atadi: «Soxta saylovlar. Soxta inauguratsiya. Belarusning sobiq prezidenti bundanda ortiq sobiq bo‘la olmaydi. Uning noqonuniyligi buning natijasida kelib chiqayotgan barcha oqibatlarni ko‘rsatib berayotgan aniq faktdir».

Slovakiya tashqi ishlar vaziri Ivan Korsok ham xuddi shu ruhda gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Lukashenkoning mamlakatni boshqarish uchun qonuniy vakolati yo‘q: «U na erkin, na adolatli bo‘lmagan prezident saylovlari uchun javobgardir. Slovakiya Belarus fuqarolarini qo‘llab-quvvatlaydi».

Germaniya hukumatining rasmiy vakili Shteffen Zaybert «maxfiy ravishda tayyorlangan va jamoatchilik ishtirokisiz o‘tkazilgan» marosimni tashkil etish formatini indikativ deb atadi. Zaybertning so‘zlariga ko‘ra, bunday inauguratsiyadan so‘ng Lukashenko demokratik qonuniylikka umid qilmasa ham bo‘ladi. Shu bilan birga, FRG hukumati vakili inqirozdan chiqish uchun milliy muloqot zarur ekanligini yana bir bor ta’kidladi.

Minskdagi militsiyasi namoyishchilarni suv purkagichlarni qo‘llagan holda tarqatdi. Xavfsizlik kuchlari namoyishchilarni hibsga olishdi, ular orasida yaradorlar bor. Shunga qaramay, yuzlab odamlar poytaxt markazini tark etmadilar. Mahalliy huquq-tartibot idoralari Minskda 10 dan ortiq kishi hibsga olinganini va ularning soni aniqlanayotganini aytmoqda.

Poytaxt Mustaqillik saroyidagi inauguratsiya marosimi yashirincha tashkil qilindi va respublika telekanallarida jonli efirda namoyish etilmadi. U yozib olingan holda keyingchalik efirda namoyish etildi. Inauguratsiya paytida Lukashenko «mamlakatda rangli inqilob mag‘lubiyatga uchraganini» e’lon qildi.

Inauguratsiya marosimidan so‘ng darhol Minskda oppozitsiyaning Telegram kanallari orqali norozilik namoyishlari boshlanishi e’lon qilindi. Norozilik aksiyalari mamlakatning boshqa shaharlarida, jumladan Vitebsk, Grodno va Mogilevda ham bo‘lib o‘tdi.