24 sentyabrdan boshlab Toshkent metrosining 17 ta bekatida bittadan chiqish vestibyullari «ishlab chiqarish ehtiyojlari sababli» vaqtincha yopiladi. Metropoliten xabarida aytilishicha, bu «ishlab chiqarish ehtiyojlari» bilan bog‘liq. Bu qancha vaqtgacha davom etishi haqida aniq ma’lumot berilmagan.

Barcha bekatlar standart holatda ishlaydi: Chilonzor va O‘zbekiston yo‘nalishlarida — soat 05:00 dan 00:00 gacha, Yunusobod va Halqa yo‘nalishlarida — 06:00 dan 23:00 gacha.

Chilonzor yo‘nalishi:

  • «Pushkin» bekati — «Salar» ko‘prigi tomonidagi vestibyul;
  • «Hamid Olimjon» bekati — NBU banki tomonidagi vestibyul;
  • «Amir Timur Xiyoboni» bekati — 50-maktab tomonidagi vestibyul;
  • «Mustaqillik Maydoni» bekati — «Mustaqillik maydoni» tomonidagi vestibyul;
  • «Xalqlar do‘stligi» bekati — Tashkent siti tomonidagi vestibyul;
  • «Novza» bekati — «Novza» masjidi tomonidagi vestibyul;
  • «Mirzo Ulug‘bek» bekati — «Milliy» stadioni tomonidagi vestibyul.

O‘zbekiston yo‘nalishi:

  • «Toshkent» bekati — Bosh po‘chta tomonidagi vestibyul;
  • «Oybek» bekati — Farmatsevtika instituti tomonidagi vestibyul;
  • «Kosmonavtlar» bekati — «Interpol tomonidagi vestibyul;
  • «Tinchlik» bekati — Gaz loyihalash instituti tomonidagi vestibyul.

Yunusobod yo‘nalishi:

  • «Ming o‘rik» bekati — Geologiya muzeyi tomonidagi vestebyul;
  • «Abdulla Qodiriy» bekati — Gyote instituti tomonidagi vestebyul;
  • «Minor» bekati — moliya instituti tomonidagi vestebyul;
  • «Bodomzor» bekati — NBU bank tomonidagi vestebyul;
  • «Shahriston» bekati — «Yunusobod» bozori tomonidagi vestebyul;
  • «Turkiston» bekati — «Uch Qahramon» tomonidagi vestebyul.