2020 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan 2 580 133 ta avtotransport vositalari mavjud, deya xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati «Gazeta.uz» ga.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur avtotransport vositalaridan:

  • Yengil avtomobillar — 2 410 421 ta (93%);
  • Yuk avtomobillari — 150 294 ta (5,8%);
  • Avtobuslar — 5 072 ta (0,2%);
  • Mikroavtobuslar — 10 590 ta (0,4%);
  • Maxsus transportlar — 3 756 ta (0,1%).

Respublika hududlarida eng ko‘p Toshkent (417 646 ta), Samarqand (311 997 ta) va Farg‘ona (243 230 ta) viloyatlari aholisida avtotransport vositalari mavjud.


Prezident ma’muriyati huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi fevral oyida O‘zbekistonda 3 milliondan ortiq avtotransport vositalari ro‘yxatdan o‘tganligini, shundan 89% yengil avtomobillar ekanligi haqida xabar bergan. Ichki yengil avtomobillar bozori 2,6 mlrd dollarga baholanmoqda, bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining taxminan 5 foizini tashkil etadi.