Qashqadaryo viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Azizov Sirojiddin Olmasovich 23 sentyabr kuni koronavirusga chalinish oqibatida 45 yoshida vafot etdi. Bu haqda viloyat ma’muriyati matbuot xizmati xabar qildi.

Sirojiddin Azizov viloyat hokimi o‘rinbosari sifatida ham foliyat ko‘rsatgan.

Xabarda qayd etilishicha, marhum joriy yil 27 aprel kuni Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kuzatilgan kuchli shamol oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek, Sirdaryo viloyatida «Sardoba» suv omboridagi toshqindan jabr ko‘rgan hududda olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlariga ko‘maklashgan edi.