24 sentyabr kuni O‘zbekistonda 519 ta yangi koronavirus holati qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Shuningdek, 3 nafar koronavirus bemori hayotdan ko‘z yumib, bu borada rasman e’lon qilingan vafot etganlar soni 447 nafarga yetdi.

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Toshkent, Namangan, Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘ona, Andijon, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida 609 kishi sog‘ayib ketdi.

Ayni paytda infeksiya aniqlangan 53 966 bemorning 50 441 nafari sog‘aygan va sog‘ayshish darajasi 93 foizni tashkil etmoqda.

Hozirgi kunda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3078 nafar bemorning 548 nafarining ahvoli og‘ir, 469 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir.