Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, shuningdek, uning o‘rinbosarlari Botir Parpiyev va Azizbek Ikromovga koronavirus tashxisi qo‘yildi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Hozirda ular O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 2-sonli Markaziy klinik kasalxonasida davolanmoqda.

Gulnora Ma’rufova. Foto: O‘zA.

Matbuot xizmati, shuningdek, vazirning birinchi o‘rinbosari Gulnora Ma’rufova COVID-19 bilan kasal bo‘lgani va 7 kundan keyin ishiga qaytgani haqida xabar berdi.

Kun.uz ma’lumotlariga ko‘ra, Andijon viloyatida bir qator hokimlar pnevmoniyadan davolanmoqda. Ular — Shahrixon tumani hokimi Xikmatillo Dadaxonov, Xonobod tumani hokimi Musaxon Mamadaliyev, Paxtaobod tumani hokimi Maxsudjon Bozorov va Oltinko‘l tumani hokimi Nazirjon O‘rinboyev.