Sog‘liqni saqlash vazirligi bir kunlik tanaffusdan so‘ng yana kunlik koronavirus holatlari va hududlar statistikasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 23 sentyabr kuni mamlakatda 590 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi.

2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 444 nafarga yetdi.

️Bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo hamda Navoiy viloyatlarida 608 nafar bemor tuzaldi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 53 447 nafar bemordan 49 832 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 171 nafar bemordan 632 nafari og‘ir, 294 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.