UZIMEI tizimi operatori mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish jarayoniga o‘zgartishlar kiritdi, deya xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

Yangi tartib mobil qurilmalarni uchinchi shaxslarning shaxsiy ma’lumotlaridan (pasport ma’lumotlari va telefon raqamidan) foydalanish orqali ro‘yxatdan ўтказиш holatlarining oldini olish maqsadida joriy etilmoqda.

Ushbu tartibga ko‘ra, qurilmaning IMEI-kodini/kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda jismoniy shaxslar tomonidan foydalaniladigan abonent raqami mahalliy mobil operatorlaridan ariza beruvchi nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak.