O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov vafot etdi, deya xabar qildi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

Xonanda 1969 yilda Qirg‘izistonning O‘sh shahrida tavallud topgan. 1991 yilda O‘zbekiston davlat san’at institutini tamomlagan.

Shuhrat Qayumov uzoq yillar «O‘zbekiston» teleradiokanalida «Assalom O‘zbekiston», «Ohangrabo» kabi ko‘rsatuvlarini tayyorlagan.

Xabarda Shuhrat Qayumovning o‘limi sababi ma’lum qilinmagan.