Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi 22 sentyabrdan belgilangan muddatga ishlab chiqarilayotgan dizel yoqilg‘isi uchun narxlarni pasaytirish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda zavod matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, zavodning o‘zidan bir tonna mahsulot uchun aksiz bilan 5,6 mln so‘mgacha (yakuniy iste’molchiga xuddi shu miqdor aksizsiz 5,2 mln so‘m), respublika hududida joylashgan «O‘zbekneftgaz» AJ neft bazalaridan aksiz bilan bir tonna mahsulot uchun 5,5 mln so‘mgacha (yakuniy iste’molchiga huddi shu miqdor, aksizsiz 5,1 mln so‘m) etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi boshida O‘zbekistonda «Yevro-4» va «Yevro-5» dizel yonilg‘ilari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, dizel narxi bir necha bor tushirilgan edi.