O‘zbekiston «Vektor» markazi tomonidan ishlab chiqarilgan COVID-19ga qarshi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgandan so‘ng qo‘shma sinovlaridan o‘tkazishga qiziqish bildirdi, deb xabar berdi Rospotrebnadzor.

Rospotrebnadzor O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan yangi koronavirus tarqalishiga qarshi kurash, shu jumladan COVID-19 profilaktikasi uchun vaksinani ishlab chiqish masalalari bo‘yicha videokonferensiya o‘tkazildi, deya aniqlik kiritildi xabarda.

«Tomonlar Rossiya va O‘zbekistondagi mavjud epidemik vaziyat, o‘rnatilgan cheklovlarni bekor qilish shartlari, shuningdek, Rospotrebnadzorning „Vektor“ virusologiya va biotexnologiya davlat ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan Rossiyaning „EpiVakKorona“ vaksinasini sinovdan o‘tkazish jarayonini muhokama qildilar. Xususan, o‘zbek tomoni vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgandan so‘ng uni ishlatish bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlarda ishtirok etish istagini bildirdi», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Rossiya koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasini fuqarolar muomalasiga chiqarganini xabar qilgan edi. 11 avgust kuni esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin COVID-19 ga qarshi ilk vaksinaning ro‘yxatdan o‘tkazilgani haqida e’lon qildi.