Seshanba kunidan O‘zbekiston hududiga salqin va quruq havo oqimining kirishi kutilmoqda, ushbu oqim ish haftasining oxirigacha respublikadagi ob-havoni belgilaydi, deya xabar qildi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Harorat foni hamma joyda 2−4 darajaga pasayadi. Bu davrda asosan kechasi 8−13 daraja, kunduzi 22−27 daraja iliq bo‘ladi.

Keyinchalik sentyabr oyining oxirigacha butun O‘zbekiston hududi bo‘yicha oyning oxiri uchun xos bo‘lgan havoning saqlanib turishi kutilmoqda. Bu davrda yog‘ingarchilik ehtimoli kam. Uraldan salqin havo kirib turishi hisobiga harorat foni respublika bo‘yicha me’yordan 3−4 darajaga past bo‘ladi. Harorat kechasi 7−12, kunduzi 20−25 darajani tashkil qiladi.