JSST Rossiyaga vaksinani o‘ylab topishdagi harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi

JSSTning Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Xans Klyuge tashkilot nomidan Rossiyaga «Sputnik V» koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqargani uchun minnatdorchilik bildirdi. «JSST Rossiya Federatsiyasining COVID-19 ga qarshi vaksinani, ya’ni «Sputnik V»ni ishlab chiqarishga qaratilgan sa’y-harakatlarini juda qadrlaydi. Men Rossiya Federatsiyasiga xavfsiz va samarali vaksinani yaratish bo‘yicha ajoyib sa’y-harakatlari uchun yana bir bor minnatdorchilik bildirmoqchiman», — dedi Klyuge. — RIA Novosti.

Nikola asoschisi direktorlar kengashining ijroiya raisi lavozimini tark etdi

Foto: @nikolatrevor

Nikola kompaniyasiga asos solgan va ijrochi rais sifatida ishlab kelgan Trevor Milton kompaniya direktorlar kengashini tark etdi. Miltonning iste’foga chiqish istagini e’lon qildi. Uning o‘rniga GM ning sobiq rais o‘rinbosari va Nikola direktorlar kengashi a’zosi Stiven Girskiy tayinlandi. Kompaniya AQSH nazorat organlari tomonidan tekshiruvlar mavzusiga aylanganidan bir necha kun o‘tgach, Milton o‘z lavozimidan ketdi. «Nikola haqiqatan ham mening qonimda bor va har doim ham shunday bo‘ladi, asosiy e’tibor menga emas, balki kompaniya va uning dunyoni o‘zgartirish missiyasiga qaratilishi kerak», — dedi Milton. — nikolamotor.com

«Emmi» mukofotining g‘oliblari e’lon qilindi

Foto: emmys.com

AQSH teleakademiyasi 72-chi «Emmi» mukofotlarini e’lon qildi. Tadbir Twitter orqali onlayn translyatsiya qilindi.
Eng yaxshi komediya nominatsiyasida «Shitts Krik» seriali g‘olib bo‘ldi. Ushbu serialda bosh rollarni ijro etgan Ketrin O Xara va Yujin Levi «Eng yaxshi komik aktyor» va «Eng yaxshi komik aktrisa» mukofotlariga sazovor bo‘lishdi. Zendaya «Eyforiya» serialidagi roli uchun «Eng yaxshi dramatik aktrisa» mukofotiga sazovor bo‘ldi. «Eng yaxshi dramatik serial» nominatsiyasida «Merosxo‘rlar» seriali g‘olib bo‘ldi. Bu serialda o‘ynagan Jeremi Strong «Eng yaxshi dramatik aktyor» bo‘ldi. — lenta.ru

Afrika qit’asiga BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi sifatida joy berilishi talab qilindi

Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramaposa Afrikaga BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi sifatida joy berilishini talab qildi. «BMTning yubiley uchrashuvida butun tashkilotni, xususan, uning Xavfsizlik Kengashini isloh qilish masalasi qo‘yilishi kerak», — dedi davlat rahbari. Uning fikriga ko‘ra, milliarddan ortiq aholisi bo‘lgan qit’aning BMT Xavfsizlik Kengashida doimiy vakolatxonasi bo‘lishi kerak. Bu, boshqa muammolar qatori, global sog‘liqni saqlash muammolarini hal qilish, urushlar yoki tabiiy ofatlarning oldini olish uchun ham zarurdir. — TASS.

Belarusda namoyishlarda ishtirok etgani uchun 230 dan ortiq shaxs hibsga olindi

Foto: TUT.BY

9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari va Aleksandr Lukashenkoning g‘alabasi haqida e’lon qilinganidan keyin Belarusda boshlangan norozilik namoyishlari hali ham davom etmoqda. 20 sentabr, yakshanba kuni Minsk va mamlakatning boshqa shaharlarida navbatdagi «Adolat marshi» bo‘lib o‘tdi. «Vesna» inson huquqlari markazining ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlarda 230 dan ortiq odam hibsga olingan, ulardan 167 nafari Minskda, 69 nafari boshqa hududlarda. — Gazeta.uz