Katta xoldingda ishlaydigan har bir kishi barqaror va rivojlanayotgan ulkan sanoatning bir qismi bo‘lish nima ekanligini yaxshi biladi. Axir yirik kompaniyada ishlash, bu — har kuni kasbiy mahoratingizni oshirish imkoniyati demakdir. Bu — mavqening o‘sishi va ertangi kunga ishonch. Ammo kim ham istiqbolli ish taklif qilishi mumkin? Tajribaga ega bo‘lmaganlar nima qilishi kerak?

BIZNES AZIYA — butun respublika bo‘ylab iste’mol mahsulotlarini yetkazib beruvchi O‘zbekistondagi yirik distribyutorlik kompaniyasidir. Bugun kompaniya faoliyatining natijavorligi tufayli do‘kon rastalarida taniqli jahon va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning maishiy kimyo mahsulotlarini, shirinliklar, ichimliklar va boshqa ko‘plab mahsulotlarni topish mumkin.

Kompaniya tajribali yoshlar bilan birga mazkur sohada tajribasi bo‘lmagan yigit-qizlarni ham ishga taklif qiladi. O‘n yillik faoliyati davomida BIZNES AZIYA oddiy savdo vakilidan ish boshlagan ko‘plab o‘z sohasining ustalarini yetishtirdi. Kompaniya bugun barcha zaruriy bilim va tajribalarni o‘z ustida ishlash va rivojlanish istagini bildirgan, sohaga yangi kirib kelayotgan yoshlarga ulashishga tayyor. Bu yo‘lda esa yangi ishchilarga xuddi ular kabi ishni quyidan boshlagan tajribali mutaxassislar yordam beradi.

BIZNES AZIYAda ishlashning arzirli sabablari chindan ham bormi?

BIZNES AZIYA — iste’dodni qadrlaydigan kompaniya. Bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlarni tanlashda kompaniya, avvalambor, e’tibori uzoq muddatli munosabatlarga, lavozim o‘sishiga va barqaror daromad olishga qaratilgan kadrlarni afzal ko‘radi.

Kompaniyada yangi xodimlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishga, ayniqsa, doimiy ravishda savdo-sotiq va aloqa ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha treninglar olib boriladigan savdo guruhlariga katta e’tibor qaratiladi. Shuningdek, rahbarlar o‘zlarining tajribalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo nuqtalarida bo‘lishadilar.

Kompaniyaning korporativ madaniyatida o‘zaro yordam ruhi singigan, jamoa yangi ishchilarni iliq kutib oladi va ularga yangi ish sharoitlariga tezda moslashishga yordam beradi.


Xo‘sh, ishga da’vogarlarni nimalar kutmoqda:

  • raqobatbardosh ish haqi;
  • timbilding va korporativlar — jamoa bo‘lib ishlash uslublari va jamoaviy tadbirlar;
  • professional va shaxsiy ko‘nikmalarni o‘stiruvchi mashg‘ulotlar;
  • yuqori natijalarga erishish, asosiy xodimlarni saqlab qolish va iste’dodlarni tan olishga qaratilgan motivatsion dasturlar. Rag‘bat sifatida xodimlarga mukofot pullari va sovg‘alar beriladi;
  • korporativ uyali aloqa, yo‘l xarajatlari uchun kompensatsiya.

Qanday bo‘sh ish o‘rinlari bor:

  • Toshkent va viloyatlar (Xorazm, Nukus, Jizzax, Guliston, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Tashkent viloyati) filiallarida savdo vakillari
  • Toshkent va viloyat filiallarida supervayzer
  • Toshkent va Toshkent viloyatida hududiy savdo menejeri.
  • Toshkent va viloyat filiallarida hisobchi
  • Hisobchi-operator.
  • Garaj boshqaruvchisi.
  • 1S programmisti.

BIZNES AZIYA xodimlarini ofis yoki ish vaqti emas, balki umumiy manfaatlar va qadriyatlar birlashtiradi.

«BIZNES AZIYA — sizning ishonchli hamkoringiz».

Bo‘sh ish o‘rinlari tavsifi va ular haqidagi batafsil ma’lumotni Telegram kanalida topishingiz mumkin.

Telefonlar: (+998) 71−231−72−27, (+998) 91−135−22−11.

Sayt: biznes-aziya.uz

E-mail: hr@biznes-aziya.uz

Telegram: t.me/Recruiter_biznes_aziya

Reklama huquqlari asosida.