1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan kinoteatrlarda «Ibrat» tarixiy badiiy filmi namoyishi bo‘lib o‘tadi. Film «O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Kinomaniya» studiyasi tomonidan suratga olingan.

Film shoir, tarjimon, tarixchi va tilshunos olim, jadidchi Ishoqxon Ibrat haqida bo‘lib, unda olimning mashaqqatga boy hayot yo‘li tasvirlangan.

Katta premera qayta ta’mirlangan Alisher Navoiy nomidagi kinochilar uyida bo‘lib o‘tadi.

Film rejissyori: Jahongir Qosimov.
Ssenariy mualliflari: Nurillo Abbosxon va Abduqayum Yo‘ldoshev.
Postanovkachi оператор: Rustam Murodov.
Postanovkachi rassom: Doniyor Abdurahmonov.
Bastakor: Dmitriy Yanov-Yanovskiy.
Rollarda: Farhod Mahmudov, Saidkomil Umarov, Karim Mirhodiyev, Akbarxo‘ja Rasulov, Shahzoda Matchonova, Zulxumor Mo‘minova va boshqalar.

Reklama huquqlari asosida.