O‘zbekiston bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev 56 yoshida hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar qildi O‘zA.

«Gazeta.uz»ning hukumatdagi axborot manbasi siyosatchi so‘nggi vaqtlarda Germaniyada davolanayotganini ma’lum qildi.

Iyul oyi oxirida «Gazeta.uz» O‘ktam Barnoyevda koronavirus aniqlangani va poytaxtdagi xususiy Akfa Medline shifoxonasida davolanayotganini xabar qilgan edi.