Hukumat qarori bilan, Komiljon Xamidovich Karimov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining yangi rektori etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Komiljon Karimov 2015 yildan Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining rektori sifatida faoliyat yuritgan. Turli yillarda u BMT, YUNESKO va YUNISEF tashkilotlarida turli lavozimlarda ishlagan va ta’lim hamda sog‘liqni saqlash sohasida rivojlanish masalalari bilan shug‘ullangan.

JIDU rektori vazifasini bajarish yuklatilgan Abdujabor Abduvaxitov esa lavozimdan ozod qilindi.

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining rektori etib esa Baxrom Ravshanovich Mirkasimov tayinlandi.