Volga mintaqasidan kelayotgan sovuq havo shanba kuni chiqib ketishi kutilmoqda. Kechasi havo harorati +8…+11 daraja, kunduzi esa +24…+27 darajagacha kuzatilishi mumkin, deya xabar qildi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqatgi kechasi va ertalab Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tumanlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

O‘zbekiston bo‘yicha yakshanba kuni havo ochiq bo‘ladi. Haavo harorati kechasi +10…+15, kunduzi +25…+30 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Respublikaning shimolida 19−20 sentyabr kunlari shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.