Jahonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 30 million kishidan oshdi. Bu statistika AQSHning Jons Xopkins Universiteti ma’lumotlar bazasida keltirilgan.

Koronavirus asoratlari oqibatida, 943 ming kishi vafot etgan, 20,3 million bemorlar sog‘ayib ketishgan.

Eng ko‘p koronavirus qayd etilgan mamlakat — AQSH. U yerda 6,6 million koronavirus holatlari tasdiqlangan. Keyingi o‘rinlarda Hindiston (5,1 million) va Braziliya (4,4 million) ketmoqda.

O‘zbekistonda o‘tgan kun davomida 599 ta koronavirus holatlari qayd etilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, vafot etganlar soni 417 nafarga teng.