Shu yilning 17 sentyabr kuni O‘zbekistonda 599 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 3 nafar, Toshkent viloyatida ham 3 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. SSV vafot etganlar orasida yosh bolaning borligini ma’lum qildi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Andijon, Sirdaryo, Farg‘ona, Qashqadaryo, Xorazm hamda Surxondaryo viloyatlarida 618 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 49 761 nafar bemordan 46 092 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 254 nafar bemordan 478 nafari og‘ir, 269 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.