O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining birja savdolariga ilk bor Turkmanistonda ishlab chiqarilgan import qilingan ECO-93 benzini qo‘yila boshlandi, deya xabar qildi birja matbuot xizmati.

Avtobenzining sotuvchisi sifatida 2011 yilda Qashqadaryoda ro‘yxatdan o‘tgan «Nara-Komfort Servis» kompaniyasi ishtirok etmoqda. Tovarni yetkazib berish shartlari — EXW sotuvchi omboridan olib ketish. Yangi birja tovarining boshlang‘ich narxi mahsulotning 100 kilogrammi uchun 600 ming so‘mni tashkil etadi. Bir tonna benzin o‘rtacha 1293−1370 litrni tashkil etadi.

Birja savdolarida ishtirok etish uchun O‘zRTXB" AJ da onlayn akkreditatsiyadan o‘tish va birjaning brokeri bilan shartnoma tuzish lozim.

Ma’lumot uchun: YeSO-93 avtobenzini Turkmanistonning Ovadandepedagi zavodda 2019 yildan buyon ishlab chiqariladi. Mazkur ob’ekt Yaponiyaning Kawasaki Heavy Industries kompaniyasi va Turkiyaning Rönesans qurilish xoldingida tashkil topgan konsorsium va «Turkmengaz» davlat konserni o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida barpo etilgan. YeSO-93 avtobenzinidan foydalanilganda zararli chiqindilar miqdori — oltingugurt oksidi 50 barobar, azot oksidi — 5 barobar, uglerod oksidi — 2 barobar, uglevodorod 20 foizgacha kamayadi.