2020 yil 1 oktyabrdan mavjud karantin va sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda O‘zbekiston Respublikasiga aviatsiya, temir yo‘l va avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali kirib-chiqishga ruxsat berildi, deya xabar qildi Koronavirus Info Telegram-kanali.

Avval joriy qilingan cheklovlar bekor qilinadi.

Mas’ul idoralarga chet davlatlar mutasaddi idoralari bilan muzokaralar o‘tkazib, barcha turdagi xalqaro qatnovlar (avia, temir yo‘l, avtobus qatnovlari) sonini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berildi.

1 oktyabrdan boshlab, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston bilan chegarada joylashgan avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali O‘zbekistonga kirayotgan shaxslar koronavirusga PZR yoki ekspress-test yoxud antigen tekshiruvidan o‘tgan holda 14 kunga mehmonxona yoki uy karantiniga yuboriladi.